» » Toshkentda “Muqaddas Makka” kumush markalarining ko‘rgazmasi ochildi

Toshkentda “Muqaddas Makka” kumush markalarining ko‘rgazmasi ochildi


“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Moskva zarbxonasida Muqaddas Makkaga atab chiqarilgan kumush markalar ko‘rgazmasinining tashkilotchilaridan biriga aylandi, deb xabar berdi UzDaily.

Shuningdek, loyihaga “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamg‘armasi, “Rus gumanitar missiyasi” notijorat avtonom tashkiloti, O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ va Amir Temur nomidagi xalqaro xayriya jamg‘armasi koordinatorlik qilmoqda.

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi 2017-yilning 2-noyabrida O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Rossiya Ta’lim va fan vazirligi stats-sekretari — vazir o‘rinbosari Pavel Zenkovich, “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov, Tatariston Respublikasining O‘zbekistondagi vakili Ramil Shakirov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri o‘rinbosari Mirodil Sangilov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Mansur va boshqalar ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada kumushdan ishlangan 40 ta marka namoyish etildi. To‘plam WT (Rossiya) kompaniyasining buyurtmasiga asosan 999 probali kumushdan noyob texnologiya asosida tayyorlangan. Ushbu to‘plam “Muqaddas Makka” mavzusida birlashtirilgan va turli yillarda 24 ta islom davlatida chiqarilgan pochta markalari asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ko‘rgazmada Qur’onning kumushdan ishlangan bir varog‘i ham namoyish etilgan.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют