» » AQSh harbiylari Iroq IShID jangarilaridan deyarli to‘liq ozod etilganini ma’lum qildi

AQSh harbiylari Iroq IShID jangarilaridan deyarli to‘liq ozod etilganini ma’lum qildi


Iroq xavfsizlik kuchlari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya yordami bilan Iroq hududini IShID jangarilaridan deyarli to‘liq ozod etdi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Al-Qaim va Suriya bilan chegaraning ahamiyatli qismini ozod etilishi IShIDga qarshi davom etayotgan kampaniyaning muhim bosqichi sanaladi”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, “iroqliklar ayni vaqtda xalqaro koalitsiya yordami bilan avvallari IShID nazorati ostidagi bo‘lgan Iroq hududining deyarli barcha qismini ozod etgan”.

“Xavf hamon mavjud, hali qiladigan ishlarimiz ko‘p, biroq biz Iroq hukumati va mamlakat qurolli kuchlari bilan IShID ustidan mutlaq g‘alaba ta’minlanguniga qadar yelkama-yelka turishni davom etamiz”, — deydi koalitsiya vakili general-mayor Robert Uayt.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют