» » Gollivudda “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi asosida serial suratga olish muhokama qilinmoqda

Gollivudda “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi asosida serial suratga olish muhokama qilinmoqda


Warner Bros. kompaniyasi va Jon Ronald Ruel Tolkinning merosxo‘rlari Amazon Studios bilan birgalikda “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi asosida serial suratga olish loyihasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Variety nashrining vaziyatdan boxabar manbalarga asoslanib xabar berishicha, muzokaralarning dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Xabar berishlaricha, Warner Bros. va Tolkinning merosxo‘rlari bu g‘oyani bozorning turli ishtirokchilariga taklif qilgan, ular orasida Amazon Studios’ning imkoniyatlari nisbatan yuqori baholanmoqda.

Muzokaralarda Amazon rahbari Jeff Bezos ham qatnashmoqda. Variety’ning qayd etishicha, bu biroz noodatiy vaziyat bo‘lib, ushbu holat Amazon Studios rahbari Roy Praysning tegajoqliklarda ayblanib, ishdan haydalgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Jon Ronald Ruel Tolkinning “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” kitoblari asosida shu nomlar ostida ikkita filmlar trilogiyasi chiqarilgan (ular mos ravishda 2001—2003-yillarda va 2012—2014-yillarda ekranlarga chiqqan). Barcha filmlar yangi zelandiyalik rejissor Piter Jekson tomonidan suratga olingan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют