» » Sindzo Abe Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, unda hamkorlikni davom ettirish niyatini bildirdi

Sindzo Abe Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, unda hamkorlikni davom ettirish niyatini bildirdi


Yaponiyada bo‘lib o‘tgan umumparlament saylovida g‘alaba qozongan Liberal-demokratik partiya yetakchisi, amaldagi bosh vazir Sindzo Abe O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Unda Yaponiya rahbari saylovda qozonilgan g‘alaba munosabati bilan samimiy qutlab, shoshilinch tabrik yo‘llagani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etdi. Maktub matni Prezident rasmiy saytida chop etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan umumparlament saylovida qozonilgan g‘alaba munosabati bilan samimiy qutlab, shoshilinch tabrik yo‘llaganingiz uchun Sizga chin qalbimdan minnatdorlik izhor etishga ruxsat bergaysiz.

Saylov murakkab vaziyatda o‘tganiga qaramasdan, Liberal-demokratik partiya g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi va men Siz, Janobi Oliylari bilan hamkorlikni davom ettirishdan g‘oyat mamnunman.

Siz, Janobi Oliylari bilan Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatlarimiz oldida turgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarni, jumladan, Shimoliy Koreya muammosini barqarorlashtirish yo‘lida bundan keyin ham yaqindan hamkorlik qilish niyatidaman.

Sizning tabrigingiz va ezgu tilaklaringiz uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik izhor qilaman.

Sindzo Abe,

Yaponiya Bosh vaziri

Опубликовано: admin (5-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют