» » Terrorchilar bilan aloqasi borligi aniqlangan amerikaliklarning pasporti bekor qilinadi

Terrorchilar bilan aloqasi borligi aniqlangan amerikaliklarning pasporti bekor qilinadi


AQSh kongressi vakillari palatasi 1-noyabr kuni davlat departamentiga terrorizmga aloqadorligi aniqlangan amerikaliklarning pasportlarini bekor qilish imkonini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi, deb yozadi Forum Daily.

O‘zbekistonlik Sayfullo Soipov Nyu-Yorkda terakt sodir etganidan so‘ng mazkur qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ted Po tomonidan tuzilgan qonun loyihasi terrorchilik tashkilotlari a’zosi bo‘lgan yoki terrorchilarga yordam ko‘rsatadigan fuqarolarning pasportlarini bekor qilishni ko‘zda tutadi. Biroq ularning fuqaroligi bekor qilinmaydi.

Shuningdek, pasportlari bekor qilingan fuqarolar 60 kun ichida davlat departamentiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishi mumkin. 2015-yilda ham vakillar palatasi xuddi shunday qonun loyihasini ishlab chiqqan, biroq u qabul qilinmagan edi.

“Men kongressni viza lotereyasi dasturini zudlik bilan to‘xtatishga chaqiraman. Bu mamlakatimiz uchun halokat. Bu lotereyada ishtirok etayotganlar eng yaxshi mamlakatlardan emas. Bilamizki, mazkur dastur bizning milliy xavfsizligimizga raxna soladi. Biz bu dasturni bekor qilamiz”, — degan edi Tramp.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют