» » Eron Saudiyaning ar-Riyodga raketa otilishi borasidagi ayblovlarini inkor etdi

Eron Saudiyaning ar-Riyodga raketa otilishi borasidagi ayblovlarini inkor etdi


Saudiya Arabistoni Yamandan ar-Riyodga raketa uloqtirilishida Eronni ayblagan edi. Tehronning bu borada chiqarilgan rasmiy bayonotida Saudiyaning ayblovlari mas’uliyatsiz va destruktiv deb ataldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Yamanda isyonchi xusiylar Saudiya Aribstoni hududiga 750 kilometr masofaga uchuvchi raketani otgan edi. Mamlakat raketa hujumiga qarshi mudofaa kuchlari snaryadni urib tushirdi, natijada u poytaxt aeroporti yaqinida quladi.

Shu munosabat bilan Saudiya rasmiylari hujum ortida Eron turganini aytib chiqqan edi.

Eron tashqi ishlar vaziri Bahrom Qosimiy bu ayblovlarga munosabat bildirdi.

“Bayonotda aytilgani Saudiya Arabistoni Yamanda mag‘lub bo‘layotganining isbotidir, Eronga nisbatan barcha ayblovlar esa mas’uliyatsiz va destruktivdir”, — dedi u.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют