» » Go‘sht narxi nega ko‘tarilib ketdi? “Narxoz” doktorantining O‘zLiDeP tadbirida aytgan fikrlari

Go‘sht narxi nega ko‘tarilib ketdi? “Narxoz” doktorantining O‘zLiDeP tadbirida aytgan fikrlari


O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida “Investitsiyaviy va biznes muhitni yaxshilash — O‘zbekistonda jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim sharti” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda partiya matbuot xizmati.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Davlat iqtisodiyot universiteti (“Narxoz”) doktoranti Muhiddin Yusupov mamlakat bozorlarida go‘sht narxining oshib ketishiga ta’sir ko‘rsatgan sabablar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mana, ko‘rib turibsizlar, bozorlarimizda lahm go‘shtning bir kilogrammi narxi 40 ming so‘mgacha, suyaklisi esa 34 minggacha ko‘tarildi. Narxlarning nega bunday ko‘tarilib ketgani ko‘p muhokama qilinyapti. Nega?

Ozuqa ekin maydonlari 2016-yilga kelib 2005-yilga nisbatan 40 foizga kamayib ketgan. Sobiq Ittifoq davrida, 1990-yilda jami ekin maydonlarining 24,8 foiziga ozuqa ekinlari ekilgan. Hozir, shu kecha-kunduzda esa bu ko‘rsatkich 9 foizga ham yetmaydi. Bu birinchidan.

Ikkichidan, bizda go‘sht, sut yetishtirish dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklariga berib qo‘yilgan — ularning o‘zi jami mahsulotning 95 foizini tayyorlab beryapti. Lekin bu xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun shu vaqtgacha nimalar qildik, degan savolni ham o‘rtaga tashlash kerak.

Ularni na yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlaymiz, na bir o‘g‘it ta’minlash bor, ularning tuzukroq chorva yetishtirishi uchun yer ajratib berish masalasini ham hal qilib berayotganimiz yo‘q.

Muhiddin Yusupov, TDIU doktoranti

Опубликовано: admin (7-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют