» » Dovullar sababli qirg‘oqlarga chiqib qolgan noodatiy buyumlar

Dovullar sababli qirg‘oqlarga chiqib qolgan noodatiy buyumlar


Okeanlar Yer yuzining 71 foizini egallagan va ba’zida dovullar suv ostida “yashirinib yotgan” g‘aroyib narsalarni qirg‘oqqa chiqarib tashlaydi.

Accu Weather nashri dovullar oqibatida plyajlar qirg‘og‘iga chiqib qolgan g‘alati obyektlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi, deb xabar berdi Forum Daily.

Buy-bomba

Qirg‘oqqa chiqib qolgan ushbu bomba hamon faol bo‘lgan va uning fonida farzandlarni suratga olgan oila bundan shokka tushgan. Keyinroq qirg‘oq muhofazasi xodimlari plyajni evakuatsiya qilgan hamda bomba nazorat ostida portlatilgan.

Bananlar

Niderlandiyaning ikkita oroli aholisi o‘z qirg‘oqlarida hali pishmagan bananlarni ko‘rishganidan hayratdan yoq ushlashgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bananlar dengizda dovulga duch kelgan yuk kemasidan tushib qolgan.

Nike krossovkalari

1990-yilda Tinch okeanida dovulga uchragan yuk kemasidan oltmish mingdan ortiq Nike Krossovkalari okeanga tushib ketgan. Okeanograf Kurt Ebbesmayer o‘ng yillar davomida ushbu oyoq kiyimlarning okeandagi harakatini kuzatgan.

Mototsikl

2011-yili Yaponiyada sunamiga duch kelgan Harley-Davidson mototsikli 6500 kilometr naridan, Kanada g‘arbidagi Grem oroli qirg‘og‘idan topilgan.

Mototsikl konteynerda bo‘lganligi sabab okeanni bemalol suzib o‘tgan va yaxshi holatda saqlanib qolgan.

Fuqarolar urushi vaqtida zambarak o‘qlari

Politsiya “Metyu” to‘fonidan so‘ng, Janubiy Karolinadagi plyajda 150 yil oldingi zambarak o‘qlari topilgach, u yerni berkitib qo‘ygan.

Ularni mahalliy aholi topib olgan va bu haqda darhol huquq-tartibot xodimlariga xabar bergan.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют