» » Amur viloyatida An-2 samolyoti halokatga uchrashiga dvigatel nosozligi sabab bo‘ldi

Amur viloyatida An-2 samolyoti halokatga uchrashiga dvigatel nosozligi sabab bo‘ldi


Amur viloyatining Ekimchan aeroporti yaqinida An-2 samolyoti halokatga uchrashiga dvigatel nosozligi sabab bo‘ldi. Bu haqda Blagoveshсhensk transport prokuraturasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“ ‘DalTransAero’ga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan An-2 RA – 02305 samolyoti mahalliy vaqt bilan 8:45 da ko‘kka ko‘tarildi. Parvozdan, taxminan, 10 daqiqa o‘tib, samolyotda shovqin ovozi eshitilgan, dvigatel beqaror, ovoz chiqarib ishlagan”, — aniqlik kiritdi prokuratura vakillari.

Natijada dvigatel ishdan chiqqan va samolyot aeroport uchish-qo‘nish maydoniga 600 metr yetib bormay, Pokrovskiy klyuch hududida qattiq qo‘ndi.

Qo‘nish chog‘i havo kemasi shikastlandi va alanga ichida qoldi. Kema komandiri omon qoldi, yo‘riqchi olingan kuyish jarohatlari oqibatida olamdan o‘tdi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют