» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Qozog‘istonga qo‘shimcha reyslarni joriy etadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Qozog‘istonga qo‘shimcha reyslarni joriy etadi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkentdan Olmaota va Ostona shaharlariga qo‘shimcha reyslarni joriy etadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant.uz” xabar berdi.

4-dekabrdan boshlab Toshkent—Olmaota—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarning yettinchi chastotasi joriy etiladi. Parvozlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan samolyot 15:10 da uchadi, Olmaotaga 17:40 da yetib boradi. Reys ortga 18:40 da uchib, 19:20 da Toshkentga yetib keladi.

2018-yilning mart oyidan boshlab esa Ostonaga uchadigan reyslarning to‘rtinchi chastotasi kiritiladi. Parvozlar yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Reyslar Airbus A-320 laynerlarida amalga oshiriladi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют