» » OAV: Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumon qilinganlardan 800 mlrd dollarlik aktivlarni musodara qilinadi

OAV: Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumon qilinganlardan 800 mlrd dollarlik aktivlarni musodara qilinadi


Saudiya Arabistoni rasmiylari korrupsiyada ayblangan shahzoda va vazirlardan jami 800 milliard dollarga teng aktivlarni musodara qilishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Wall Street Journal manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Korrupsiyada gumon qilinib bir necha yirik biznesmen ham qo‘lga olingani bildirilmoqda. Qo‘lga olinganlarning jami soni 60 kishini tashkil etdi.

Nashrga ko‘ra, aktivlarning asosiy qismi xorijda bo‘lib, bu ularning qaytarilishi va davlat ixtiyoriga o‘tkazilishida qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining korrupsiyaga qarshi qo‘mitasi 11 nafar shahzoda, bir necha vazir va hukumatning 38 nafar sobiq a’zosini hibsga olishga sanksiya berdi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют