» » Semirishga qarshi kurashishning oddiy usuli topildi

Semirishga qarshi kurashishning oddiy usuli topildi


AQShdagi Beylor tibbiyot kollejining olimlari asprosin garmoni ishtaha va tana og‘irligini nazorat qiluvchi miya faoliyatini tartibga solishini aniqladi. Ushbu birikmaning pasaytirilishi ochlik hissi hamda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdorini kamaytiradi, deb xabar berdi MedicalXpress.

Mutaxassislar yoshlik vaqtida qarib qolish — progeriya va distrofiya, shuningdek, g‘ayritabiiy darajada zaif ishtaha FBN1 genidagi mutatsiya sabab sodir bo‘lishini aniqladi. Nuqsonli DNKdagi fibrillin-1 oqsilida kichik qism yetishmaydi. Asprosin deb ataluvchi ushbu qism sog‘lom odamlarda fibrillindan ajralib chiqib, alohida molekula sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Olimlar progeriya bilan og‘rigan bemorlardagi kabi mutatsiyaga ega sichqonlar ustida tajriba o‘tkazdi. Ularning organizmiga asprosinning kiritilishi hayvonlar ishtahasini oshirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, garmon gipotalamusdagi neyronlar bilan o‘zaro aloqa qiladi.

Olimlarning hisoblashicha, tadqiqot natijalari semirishni davolashning yangi usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 16:30)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют