» » Venesuela prezidenti harbiy bazada Maradona bilan futbol o‘ynadi

Venesuela prezidenti harbiy bazada Maradona bilan futbol o‘ynadi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 7-noyabr, seshanba kuni Diyego Maradona bilan futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Venesuela axborot agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi mamlakat poytaxti Karakas yaqinidagi Fuerte-Tiuna harbiy baza maydonida bo‘lib o‘tdi.

Maduro 1986-yili futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempionligiga erishgan Maradonaga uning Venesuela sobiq prezidenti Ugo Chaves bilan tushgan suratni, shuningdek, 10-raqam tushirilgan Venesuela milliy terma jamoasi futbolkasini sovg‘a qildi.

Avgust oyining boshida argentinalik futbolchi Venesuela rahbarini qo‘llab-quvvatlagan edi. Shuningdek, u “imperializmga qarshi kurashish uchun Venesuela askarlari formasini” kiyishga tayyor ekanligini bildirgandi.

Aprel oyidan buyon Venesuelada bir necha oy amaldagi hukumatga qarshi norozlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu vaqt davomida 120 dan ortiq odam o‘ldirildi, minglab namoyishchilar jarohat oldi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют