» » Stiven Spilbergning “Maxfiy hujjatlar to‘plami” filmi treyleri taqdim etildi (video)

Stiven Spilbergning “Maxfiy hujjatlar to‘plami” filmi treyleri taqdim etildi (video)


20th Century Fox kinostudiyasi Stiven Spilbergning “Maxfiy hujjatlar to‘plami” (The Post) nomli filmi treylerini e’lon qildi. Filmda The New York Times va The Washington Post gazetalarining jurnalistlari haqida hikoya qilinadi. Mazkur jurnalistlarning qo‘liga Pentagonning Vyetnam urushi haqidagi maxfiy hujjatlari to‘plami tushib qoladi, deb yozmoqda Meduza.

“Maxfiy hujjatlar to‘plami”da asosiy rollarni Tom Xenks (The Washington Post’ning sobiq bosh muharriri Ben Bredli) va Meril Strip (xuddi shu gazetaning noshiri Key Grem) o‘ynagan. Film “Oskar”ga asosiy nomzodlardan biri sifatida baholanmoqda.

Filmning jahon premyerasi 2017-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 04:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют