» » Tom Xenks va Meril Strip Spilbergning Vyetnam urushidagi AQShning roli haqidagi filmida suratga tushadi

Tom Xenks va Meril Strip Spilbergning Vyetnam urushidagi AQShning roli haqidagi filmida suratga tushadi


Gollivudning mashhur aktyorlari Tom Xenks va Meril Strip Stiven Spilbergning real voqealarga asoslangan The Post (“Post”) siyosiy kinodramasida bosh rollarni ijro etadi. Bu haqda “TASS” The Hollywood Reporter’ga tayanib xabar berdi.

Bunda gap jurnalistlar qo‘liga kelib tushgan “Pentagon hujjatlari” deb nomlanuvchi, Amerika mudofaa vazirligi tomonidan AQShning Vyetnamdagi urushda tutgan roli to‘g‘risida ko‘p yillar davomida olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqot haqida boradi.

Ssenariyga ko‘ra, tadqiqotning The Washington Post gazetasida chop etilishida asosan muharrir Ben Bredli (uni Xenks o‘ynaydi) va noshir Key Grem (Strip)ning xizmati bo‘lgan. Ushbu ikki aktyro birinchi marta birgalikda to‘liq metrajli filmda rol o‘ynamoqda.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют