» » Al Pachino va De Nironi “yoshartirish” uchun Martin Skorsezening filmiga 150 mln dollar kerak bo‘ladi

Al Pachino va De Nironi “yoshartirish” uchun Martin Skorsezening filmiga 150 mln dollar kerak bo‘ladi


Taniqli Gollivud rejissori Martin Skorsezening yangi – “Irlandiyalik” (The Irishman) nomli filmining budjeti aktyorlarni “yoshartirish” uchun foydalaniladigan texnologiya tufayli taxminan 120–150 million dollarni tashkil etadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Kinokartinada Robert De Niro, Al Pachino va Jo Peshi kabi mashhur aktyorlar suratga tushadi. Ularni 30, 50 va 70 yosh qilib ko‘rsatish uchun esa qimmat texnologiyadan foydalaniladi.

Ushbu kartina Martin Skorzesening Netflix onlayn-servisi uchun birinchi loyihasi bo‘ladi. Film real hayotdagi voqealarga asoslangan bo‘lib, qotil Frenk Shiran haqida hikoya qiladi

“Irlandiyalik” filmi uzoq yillardan buyon ish jarayonida bo‘lib turibdi. Robert De Niro avval ham Skorseze bilan birga ishlagan. Jumladan, De Niro rejissorning “Yaxshi yigitlar” (1990), “Taksichi” (1976), “Quturgan buqa” (1980), “Kazino” (1995) va boshqa kinokartinalarida suratga tushgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 65) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют