» » OAV: Aktyor Robert De Niro xotinining katta chiqimlari sabab kinoda suratga tushishga majbur bo‘lmoqda

OAV: Aktyor Robert De Niro xotinining katta chiqimlari sabab kinoda suratga tushishga majbur bo‘lmoqda


Amerikalik aktyor Robert De Niro xotini Greys Xaytauer uning kinoda ishlab topgan pullarini sarflab yuborayotganidan jahli chiqmoqda. Xarajatlar 5 yil avval ochilgan va asta-sekin inqirozga uchrayotgan Grace Hightower & Coffees of Rwanda qahvaxona tarmoqlariga sarflanmoqda. Bu haqda New York Post gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, De Niro xotini bilan Nyu-York shahridagi barlardan birida o‘tirganida o‘z noroziligini bildirgan.

Pullarimni behuda sarflamaganingda, men yoqimsiz filmlarda suratga tushishga majbur bo‘lmasdim.

Robert De Niro, aktyor

Grace Hightower & Coffees of Rwanda tarmog‘i Whole Foods oziq-ovqat do‘konlari bilan foydali shartnomani bekor qildi. E’tiborlisi, De Niro tomonidan tashkil etilgan “Traybeka” kinofestivalining bosh hamkori xotini egalik qiladigan qahvaxonalar tarmog‘i emas, kofe giganti Illy sanaladi.

Gollivud faxriysi o‘zining avvalgi shedevrlariga taqqoslaganda ikkinchi darajali kinokartinalarda suratga tushayotgani uchun bir necha bor tanqid qilingan. De Niro suratga tushgan “Yengil tabiatli buva” (Dirty Grandpa) “Oltin malina” taqdimotining “Eng yomon film” va “Eng yomon aktyor” nominatsiyasida mukofot uchun da’vogarlik qilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Robert De Niro 100 ga yaqin filmlarda suratga tushib, kino sohasidagi 130 dan ortiq turli nominatsiyalarga nomzodi qo‘yilgan. Aktyor ikki marta eng nufuzli – “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan. Birinchisi 1974-yili “Cho‘qintirgan ota–2” filmidagi “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasida, ikkinchisi 1980-yili “Quturgan buqa” (Raging Bull) kinokartinasidagi bosh roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida qo‘lga kiritilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют