» » Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘z xotini Mehribonni mamlakat birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘z xotini Mehribonni mamlakat birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi


Ozaybayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘z xotini Mehribon Aliyevani Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti lavozimiga tayinladi. Bu haqdagi qaror mamlakat rahbari saytida 21-fevral, seshanba kuni e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Ozarbayjonda 2016-yil sentabr oyida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Unda jami 29 ta o‘zgartirish amalga oshirildi. O‘zgarishlar orasida Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti va vitse-prezident lavozimlarini joriy etish ko‘zda tutilgandi.

Bundan tashqari, prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilgacha uzaytirildi. Prezidentlikka da’vogarlarga esa yosh chegarasi bekor qilindi.

Qayd etish joiz, bugungi kunga qadar Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti lavozimi vakant bo‘lib turgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют