» » “Brigada”dagi Kosmos — Dmitriy Dyujev o‘zbekistonlik talaba qizning filmida suratga tushdi (foto va video)

“Brigada”dagi Kosmos — Dmitriy Dyujev o‘zbekistonlik talaba qizning filmida suratga tushdi (foto va video)


Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissor, “Brigada”, “Jmurki”, “Ostrov” kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujev Toshkentga kelgani haqida avval ham xabar bergan edik.

Dmitriy Dyujev o‘zbekistonlik san’atkorlar — Ra’no Shodiyeva va Karim Mirhodiyev bilan birga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi “U” (“Ona”) bo‘lgan filmida suratga tushdi.

HD CINEMA kinokompaniyasi yangi filmni suratga olish uchun O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi pavilyonida maxsus dekoratsiya hozirladi. 54 kishidan iborat katta jamoa ikki kun mobaynida filmni suratga olib bo‘ldi.

Filmning loyiha va g‘oya muallifi — Abdujamil Sodiqov, ssenariy mualliflari — Dilmurod Masaidov, Mansur Vasati, operator — Dilmurod Turdiboyev, prodyuser — Oybek Abdushukurov. Ovozlashtirish va montaj ishlari Moskvada amalga oshirilishi kutilmoqda.

Dmitriy Dyujev film ssenariysi, mavzusidan tortib, ijodiy jamoaning faolligi, yuqori darajadagi tashkilotchilik ishlarigacha barini alohida e’tirof etdi.

“U” haqida ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad film rejissori Muxlisa Azizova bilan qisqa suhbat uyushtirdi. Qayd etish joiz, Muxlisa Azizova “Geolog: O‘limdan kuchli” filmida loyiha muallifi, “Tinchlik sohili” nomli qisqa metrajli filmda esa postanovkachi rejissor sifatida qatnashgan.

— “U” qisqa metrajli filmida aynan Dmitriy Dyujev, Ra’no Shodiyeva hamda Karim Mirhodiyevdan iborat aktyorlar jamoasidan foydalanish sabab ne?
— Film ssenariysiga ko‘ra, bosh qahramon erkak 40—42 yosh, ayol esa 35—38 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak. Tasavvurimizda gavdalangan personajlarga shu san’atkorlar mos tushgani bois ularni tanladik. Film ssenariysi ularga ma’qul bo‘ldi va ular filmda rol ijro qilishga rozilik bildirdi.

— Film qachon muxlislar e’tiboriga havola qilinadi?
— Chamasi bir oylarda filmni tayyorlab bo‘lamiz. Ijodimiz mahsulini dastlab xalqaro kinofestivallar ko‘rigiga topshiramiz, keyinroq esa milliy telekanallarimiz orqali namoyishga qo‘yishni rejalashtirganmiz.

— Bu film bilan qaysi kinofestivallarda qatnashmoqchisiz?
— Biz bu filmni, avvalo, xalqaro kinofestivallar uchun mo‘ljallab suratga olyapmiz, bu tanlovlarning talabiga ko‘ra, qisqa metrajli filmning davomiyligi 14 daqiqa va 49 soniyadan oshmasligi kerak. Asosiy maqsad — Kann kinofestivalida qatnashish. Bu — jahon bo‘yicha mingdan ortiq qisqa metrajli filmlar qatnashadigan, raqobat juda katta bo‘lgan tanlovdir. Filmimiz shu festivalga qabul qilinsa, mendan baxtli inson bo‘lmas edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют