» » "Yomg'ir Ostida" filmi haqida

"Yomg'ir Ostida" filmi haqida


 "Shayxontohur film”studiyasi tomonidan melodrama janrida suratga olingan "Yomg'ir ostida” nomli 79 daqiqali badiiy film annotatsiyasi.

 

'Xay Xay qizaloq' filmi prodyuseri tomonidan

Mazkur filmning mavzusi – ishonchdir! Filmdagi qahramonlar hayotida yuz beradigan voqealar mana shu mavzu atrofida aylanadi. Film Nilufar ismli qizning hayotidan hikoya qiladi. Nilufar tabiatan og'ir bosiq, dunyoqarashi keng qiz.U Arxitektura insitutining talabasi. Oilada onasi Ra'no opa, singlisi Nargiza bilan yashaydi. Bir paytlar dadasi ularni tashlab ketgan. Bu voqea endigini o'zligini anglayotgan yosh Nilufarga kuchli ruhiy zarba bergan. Shu sababli unda nafaqat erkaklarga, balkiodamlarga nisbatan ishonch so'ngan. Yolg'izlikni yaxshi ko'radi. Uning og'ir xarakteri onasi Ra'no opani tashvishga soladi.Chunki qiz har kuni arzimagan narsalar ustida onasi bilan baxslashadi. Ayni shu paytda Nilufarning hayotiga,hayot yo'li unikidan ham og'irroq bo'lgan, lekin ichidagi alamlarni o'yin-kulgi bilan enguvchi qahramon - Doniyor kirib keladi. Yigit Nilufarning ko'nglida hayotga, atrofdagilarga, qolaversainsonlarga nisbatan ishonch hissini yana qayta uyg'otadi.

 

 

Videofilm ijodkorlari haqida ma'lumot:

Stsenariy mualliflari:Ahror Zufarov,Anvar Ismoilov

Ahror Zufarov (Ahror Nurmuhammad) 1986 yilda tug'ilgan. 2011 yilda O'zbekiston Davlat madaniyat va san'at instituti magistraturasini tugatgan.

Anvar Ismoilov:1988 yilda tug'ilgan. 2011 yilda O'zbekiston Davlat madaniyat va san'at instituti magstraturasini tugatgan.

 

Postanovkachi rejissyor: Qudratillo Dadajonov – 1988yilda tug'ilgan. 2011 yilda O'zbekiston Davlat san'at institutining rejissyorlik bo'limini tugatgan.

 

Postanovkachi operator: Jahongir Ibragimov-1989 yili tug'ilgan.
2011 yilida O'zbekiston Davlat san'at institutining operatorlik bo'limini tugatgan.

Bastakor: Jahongir Azimxo'jaev (Jahongir.uz) – 1983 yilda tug'ilgan.
2006yili O'zbekiston Davlat kontservatoriyasini magstraturasini tugatgan.

 

Bosh rollarda: Yulduz Rajabova, Doniyor Hafizov, Bibinur Muxammadieva, Tal'at Yuldashev, Lola Eltoeva, Fatxulla Ma'sudov,Baxtiyor Qosimov, Nigora Karimboeva.

 

Eng yosh rol ijrochilari

Muslimabegim Maxmudova, Maxsumaxon Maxmudova

 

Film premyerasi shu yilning 16-sentabrida soat 17:00 da "Kinochilar uyi" hamda soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (Panorama)da bo'lib o'tadi. Filmni 17-sentabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

 

Tayyorladi: Jaloliddin Mirzayev (Jaloliddin JM)

Manbaa hamda axborot hamkori: www.xit.uz

 

 

 

Опубликовано: MusTanG (14-09-2014, 15:18)
+5 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют