» » Farg‘onaning “Neftchi” klubi Vadim Abramov boshqaruvida tarixda ilk bor Oliy Ligadan tushib ketdi

Farg‘onaning “Neftchi” klubi Vadim Abramov boshqaruvida tarixda ilk bor Oliy Ligadan tushib ketdi


Kecha — 8-noyabr kuni O‘zbekiston Oliy Ligasida tarixiy voqea yuz berib, Farg‘onaning “Neftchi” klubi ilk bor Birinchi Ligaga tushib ketdi. Oliy Ligaga asos solingan 1992-yildan buyon “Neftchi” Oliy Ligadagi o‘rnini saqlab kelayotgandi.

Vadim Abramov jamoasi elitadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurash olib borayotgandi. Biroq PFL 2018-yildan buyon Oliy Ligada 12 ta jamoa qoladi degan qarorini e’lon qildi va o‘z reglamentini o‘zgartirib, dastlabki 11 ta o‘rinni egallagan klublargina jon saqlab qolishini aytdi. Mazkur holat “Neftchi” uchun qimmatga tushdi. Bunga qadar Toshkentning “Obod” va G‘uzorning “Sho‘rtan” klublari ham elita bilan xayrlashgandi.

“Neftchi” o‘zi uchun qora kunga aylangan sanada Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘ldi. “Paxtakor”da rahbariyat almashganidan keyin jamoadan ketgan va Samarqandga ko‘chib o‘tgan Adnan Oraxovatsning so‘nggi daqiqadagi goli “Neftchi” muxlislarining umidini puchga chiqardi.

Vadim Abramov “Neftchi”ni ilk bor 14-iyun kuni maydonga boshlab tushgan bo‘lib, debyut o‘yinida aynan “Dinamo”ga imkoniyatni boy bergandi — 2:3. Takroriy o‘yinda ham farg‘onalik futbolchilar mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa “Neftchi” o‘z tarixidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Endilikda “So‘g‘diyona”, “Qizilqum” va “Dinamo” jamoalari jon saqlab qolish uchun kurashda bo‘ladi. Mazkur klublarning dastlabki 2 tasi kecha yirik hisoblarda yengildi va o‘z darvozasidan 4 tadan gol olib chiqdi.

Bugun Oliy Liga 28-turining yana 3 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda yetakchilar harakat qiladi. Chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Lokomotiv” markaziy o‘yinlarning birida buxorolik futbolchilarni taslim qilib ulgurdi va ketma-ket ikkinchi chempionlik sari qadam tashladi. Agar bugun “Nasaf” ochko yo‘qotsa, “temiryo‘lchilar” oltin medallarga muddatidan avval ega chiqadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi

28-tur bellashuvlari

8-noyabr, chorshanba

Gol: Adnan Oraxovats, 93+ (1:0).

Gollar: Igor Timanyuk, 14 (1:0). Nikita Pavlenko, 20 (2:0). Humoyun Murtazoyev, 72 (3:0). Shahzod Shaymanov, 84 (4:0).

Gollar: Sardor Mirzayev, 6 (1:0). Murod Bobojonov, 18 (2:0).

Gollar: A’zam Aliyev, 29 (1:0). Nemanya Yovanovich, 38 (2:0). Sanjar Rashidov, 54 (2:1). Azizbek Turg‘unboyev, 55 (3:1). Abbos Otaxonov, 70 (4:1).

9-noyabr, payshanba

“Qo‘qon-1912” — “Bunyodkor” 15:00

“Paxtakor” — “Olmaliq” 17:00

“Nasaf” — “Sho‘rtan” 17:00

Опубликовано: admin (9-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют