» » Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan O‘zbek tilining xalqaro baholash tizimi — UzLISA yaratildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan O‘zbek tilining xalqaro baholash tizimi — UzLISA yaratildi


O‘zbek tilining xalqaro baholash tizimi — UzLISA (Uzbek Language International Standard of Assessment) yaratildi. Bu  haqda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu tizim ingliz tilining  IELTS (International English Language Testing System), koreys tilining TOPIC (Test of Proficiency in Korean), yapon tilining JLPT (Japanese Language Proficiency Test) va boshqa tillarning baholash tizimlari bilan bir qatorda o‘zbek tili tarixida birinchi marta yo‘lga qo‘yilmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari Xabibullo Bakiyev, Gulruxsor Ergasheva va Odinaxon Saidahmedovalar tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini belgilab beruvchi xalqaro sertifikat UzLISA yaratildi. Sertifikat xodimlar tomonidan yaratilayotgan “O‘ZBEGIM” (O‘zbek tilini bosqichlashtirilgan eshitish, gapirish, imlo va mutolaasi) nomli dasturga asoslanadi.

Dasturni mukammal  va standartlarga mos ravishda o‘rganuvchilarga taqdim etish uchun ish qizg‘in davom etmoqda. “O‘ZBEGIM” dasturi 2018 - yil yanvar oyidan joriy etilishi rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют