» » Mutaxassislar O‘zbekistonda audiovizual jurnalistika taraqqiyotini muhokama qildi

Mutaxassislar O‘zbekistonda audiovizual jurnalistika taraqqiyotini muhokama qildi


21-aprel kuni soat 12:00 da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 3-qavat majlislar zalida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti “Raqamli ommaviy axborot vositalari” kafedrasining “O‘zbekiston teleradiojurnalistikasi taraqqiyoti va transformatsiya jarayonlari” IV an’anaviy Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga kafedra vakillari ma’lum qildi.

Tadbirda O‘zMU jurnalistika fakulteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarining turdosh fakultetlari professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallar rahbarlari va amaliyotchi jurnalistlar ishtirok etdi.

Anjamunda quyidagi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi:

– audiovizual jurnalistikaning zamonaviy masalalari va ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;

– audiovizual jurnalistikada nazariyasi va amaliyot tushunchasini o‘zaro yaqinlashtirish masalalari;

– audiovizual jurnalistika fanini o‘qitish muammolari;

– audiovizual jurnalistika va mediata’lim;

– audiovizual jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalari.

Konferensiya dasturidan o‘rin olgan ma’ruzalar orasidan eng yaxshilari diplom bilan taqdirlandi. Anjuman doirasida ilmiy maqolalar to‘plami nashr etiladi.

Konferensiya doirasida kafedra a’zolari tomonidan quyidagi nominatsiyalar belgilandi:

1. Dolzarb mavzu

2. Eng yaxshi ma’ruza va taqdimot

3. Eng yaxshi ilmiy tahlil

4. Eng yaxshi notiq

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari uchun rag‘batlantiruvchi sertifikatlar ham taqdim etildi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют