» » Fotoreportaj: Toshkentda Rus tili markazi ochildi

Fotoreportaj: Toshkentda Rus tili markazi ochildi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 28-mart kuni Rus tili markazi ochildi. Marosimda Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati, “Rossotrudnichestvo” tashkilotining direktor o‘rinbosari Dmitriy Gujelya va boshqalar ishtirok etdi.

Ishga tushirilgan yangi markazda tajriba almashish uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilarini taklif etish, adabiyot kechalari, til o‘rganish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Toshkentdagi rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari jamiyati muallimlari rus tilini o‘rganishga ahd qilganlarga, o‘z ko‘nikmalarini mukammallashtirish istagida bo‘lganlarga amaliy-metodik yordam berish maqsadida ushbu markazning ochilishida bevosita tashabbus ko‘rsatdi.

O‘zDJTU Rus tili filologiyasi fakulteti hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari markaz faoliyatida yetakchi mutaxassis sifatida ish olib boradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют