» » Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi

Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 9-noyabr kuni “T.I.Jo‘rayevni Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida” farmon imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, Turobjon Ikromovich Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin”, — deyiladi farmonda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyunida Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют