» » Qanday qilib 5 daqiqada dam olish mumkin?

Qanday qilib 5 daqiqada dam olish mumkin?


Tanangizni tez bo‘shashtirishni o‘rgansangiz, horg‘inlik ham, stress ham va boshqa kasalliklar ham siz uchun qo‘rqinchli bo‘lmaydi.

Stress va charchoq har doim noxush jismoniy tuyg‘ular va tanglik bilan bog‘liq. Bu bo‘yinning qotishi, yelkalarning qisilishi, jag‘larning jipslashishi va qo‘llarning mahkam siqilish holatidir. Shuning uchun tanani bo‘shashtirishni o‘rganish juda muhim.

Ko‘zlaringizni yuming. Sizga eng ko‘p yoqadigan joy haqida o‘ylang. Bu shovqin bo‘lmagan , tinch joy bo‘lishi kerak. Shunday joy haqida ikki yarim daqiqa o‘ylang. Tasavvur qiling, masalan siz shaffof suvli hovuzda cho‘milayapsiz. Yoki kuzgi o‘rmonni, dalani, daryoni ko‘z oldingizga keltiring.

Siz salbiy hissiyotni yoqimli tuyg‘ularga almashtirishingiz, keraksiz tashvishlarni siqib chiqarishingiz kerak.

Nafas olish – bu to‘g‘ri bo‘shashtirishning asosi hisoblanadi. Biz turli holatlarda turlicha nafas olamiz. Shuning uchun har doim bu jarayonni kuzatishimiz zarur. Agar nafas olishni nazorat qilishni o‘rgansangiz, unda siz o‘zingizni ham nazorat qila olasiz.

Sizni tinchlantiradigan eng oddiy mashq: bir necha marta chuqur-chuqur nafas oling va chiqaring. Buni iloji boricha sekinroq, shoshmasdan bajaring.

Navbati bilan yuz, bo‘yin, qo‘llar, qorin, tovon mushaklarini taranglashtirishni boshlang. Keyin bu mushaklarni yana bo‘shashtiring.

Hamma mushaklarni bir vaqtda tarang qilishga, “tosh”ga aylanishga, bir necha soniyadan keyin esa bo‘shashtirishga o‘rinib ko‘ring.

Mazali meva sanoqli daqiqalarda kayfiyatni ko‘tara oladi. Agar siz boradigan joyingizda hayajonlanishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlar bo‘lishini oldindan bilsangiz, o‘zingiz bilan yaxshi ko‘rgan mevangizni oling. Uni stress paytlari yeng.

Zararli oziq-ovqatlarni iste’mol qilishdan voz kechish zarurligini esingizda tuting. Yog‘li, sho‘r va shirin yeguliklar stressni kuchaytirishga yordam beradi. Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilishga harakat qiling.

Manba: Trendymen

Опубликовано: admin (10-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют