» » AQSh harbiy samolyoti Yapon dengizida boshlanayotgan mashg‘ulotlar arafasida Shimoliy Koreya chegaralari yaqinida parvoz qildi

AQSh harbiy samolyoti Yapon dengizida boshlanayotgan mashg‘ulotlar arafasida Shimoliy Koreya chegaralari yaqinida parvoz qildi


AQShning E-8C Joint Stars harbiy samolyoti Yapon dengizida boshlanayotgan ko‘lami jihatidan misli ko‘rilmagan mashg‘ulotlar arafasida Shimoliy Koreya quruqlikdagi chegaralari yaqinida parvozni amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

G‘arb aviatsiya saytlariga ko‘ra, quruqlikdagi nishonlarni aniqlash va tasniflash, shuningdek, jangovar harakatlarni muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan AQSh aviatsiya kompleksi KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi harbiy-demarkatsiya chizig‘i bo‘ylab uzoq davom etgan razvedka parvozini bajardi.

11-noyabr, shanba kuni Yapon dengizida AQShning bir yo‘la uch — “Ronald Reygan”, “Nimits” va “Teodor Ruzvelt” aviatashuvchilari, 20 ga yaqin kreyser va esminetslari, “Tomogavk” qanotli raketalari bilan jihozlangan bir necha suvosti atom kemalari, shuningdek, paluba aviatsiyasining 200 ga yaqin samolyot va vertolyotlari ishtirokida mashg‘ulotlar boshlandi.

Ular 14-noyabrga qadar davom etadi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют