» » PFL direktori Omon G‘ofurov: Litsenziyalash talablarini bajarmagan klublarga Oliy Ligada joy yo‘q

PFL direktori Omon G‘ofurov: Litsenziyalash talablarini bajarmagan klublarga Oliy Ligada joy yo‘q


O‘FF majlislar zali bugun — 11-noyabr kuni Oliy Liga futbol klublari rahbarlarini o‘zida jamladi va ularni PFL rahbariyati bilan yuzlashtirdi, deb yozdi tashkilot matbuot xizmati.

Bunda Oliy Liga futbol klublarini litsenziyadan o‘tkazish masalasi kun tartibida bo‘lgan. PFL 2018-yil ularning oldiga qanday talablarni qo‘yayotgani borasida ma’lumot bergan. Talablar quyidagicha:

PFL bosh direktori Omon G‘ofurov yuqoridagi talablarni bajara olmaganlarga litsenziya berilmasligini qayd etdi va uni ola bilmaganlar Oliy Ligadan chetlashtirilishi haqida aytib o‘tdi. Endilikda Oliy Liganing har bir klubi talablar qanday bajarilayotgani borasida har 10 kunda PFLga hisobot jo‘natib turadi.

PFL o‘tkazgan majlisda aynan qaysi klublar rahbarlari, rahbar bo‘lganida ham aynan kimlar ishtirok etgani masalasiga oydinlik kiritilmagan. Xususan, Oliy Liga bilan xayrlashib ulgurgan “Neftchi” va “Sho‘rtan” rahbariyati ham majlisda bor yoki yo‘qligi masalasi ochiqlanmagan.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют