» » Toshkentning “Obod” futbol klubi O‘zbekiston Oliy Ligasi o‘yinlaridan chetlashtirildi

Toshkentning “Obod” futbol klubi O‘zbekiston Oliy Ligasi o‘yinlaridan chetlashtirildi


Toshkentning “Obod” futbol klubi Oliy Ligadan chetlashtirildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasi O‘FF bilan kelishgan holda bu qarorga kelgan. Boisi jamoa reglamentda ko‘rsatib qo‘yilgan bir qator talablarni bajarmagan va PFLga a’zolik badali pullarini hozirgacha to‘lab bermagan.

“Obod”ning PFL oldidagi qarzi umumiy 112 million so‘mni tashkil qilgan. Shundan 90 millioni a’zolik badali to‘lovi, 15 millioni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan murabbiyni ro‘yxatga qo‘yish uchun to‘lov va 7 millioni boshqa turdagi jarima bo‘lgan.

O‘zbekiston klublarini litsenziyalash bo‘yicha reglamentga muvofiq, klubni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma PFLga taqdim etilmagan. Oqibatda tashkilot uchun ushbu jamoa nimaning hisobiga moliyalashtirilishi haqidagi masala tushunarsizligicha qolavergan.

“Obod” futbol klubi 2017-yilning 1-davrasi yakuni arafasida tarqalib ketishga yaqin turgandi. Biroq keyin Ukraina kompaniyalaridan biri uni sotib olgani borasida ma’lumot berilib, klubga ham ukrain mutaxassis olib kelingandi.

“Obod” futbol klubi reglament talablarini qo‘pol ravishda buzgani holda, bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan, litsenziyalash bo‘yicha birorta ham hujjatni rasmiylashtirmagani aytilgan.

Jamoaning ikki uchrashuvi shubhali deb topilgan. Oliy Liga 20-turi doirasidagi “Obod” — “So‘g‘diyona” (2:4) va 22-turidan o‘rin olgan “Obod” — “Nasaf” (0:6) o‘yinlarida qayd etilgan natijalar Federbet xalqaro notijorat federatsiyasi tomonidan shubhaga olingan. Natijada tashkilot O‘FFga xat yozib, PFLni ham bundan ogoh etgan. Bu holat ham yakuniy qaror qabul qilishda muhim o‘rin tutgan.

Musobaqalar reglamentining 4.26 bandiga asosan “Obod” futbol klubi taqvimdagi o‘yinlarning yarimidan ko‘pini o‘tkazib bo‘lganligi munosabati bilan, oldindagi o‘yinlarda jamoaga texnik mag‘lubiyat, uning raqiblariga esa texnik g‘alaba yoziladi. O‘tgan o‘yinlardagi ogohlantirish va chetlatishlar o‘z kuchida qoladi.

O‘zbekiston qonunchiligi hujjatlarida ko‘rsatilganidek, “Obod” futbol klubi o‘z xodimlari va futbolchilari oldidagi mehnat shartnomalari bo‘yicha qarzlarni uzish va soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyatini saqlab qoladi. Jamoa xodimlari va futbolchilariga esa boshqa futbol klublarda qaydnomadan o‘tishga reglamenti asosida ruxsat beriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют