» » Britaniyalik boshpanasiz erkak Kembrij universitetiga o‘qishga kirdi

Britaniyalik boshpanasiz erkak Kembrij universitetiga o‘qishga kirdi


Oxirgi yillarda ko‘chada yashayotgan britaniyalik Jeff Edvars Kembrij universitetiga o‘qishga kirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

52 yoshli Jeff Edvars endi Xyuz Xoll kollejida ingliz adabiyotini o‘rganadi. U bolaligidan kitob o‘qishni yoqtirardi. Biroq ota-onasining kamxarjligi, maktabdagi yomon baholari tufayli kollejga kirolmagan va Liverpuldagi fermaga ishga joylashgan.

Shundan so‘ng u Kembrijga ko‘chib o‘tdi, mehmonxonalarda yashab yurdi, biroq ko‘pincha ko‘chada qolardi. Tez-tez kutubxonalarga borib turar va o‘qishni davom ettirish uchun keraksiz kitoblarni so‘rardi. Ba’zan yegulik, yotoq va kitoblarga pul topish uchun Big Issue jurnalini sotardi.

2014-yilda Edvard Kembrij universiteti qoshidagi bepul tayyorgarlik kurslariga o‘qishga kirdi. Keyinchalik o‘rta asrlar adabiyoti haqidagi savollar sabab kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi va Xyuz Xoll kollejiga o‘tdi.

“Bu hayotimdagi chindan ham g‘ururlanishim bo‘lgan birinchi ish”,— dedi britaniyalik.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют