» » Qoraqalpog‘istonlik qiz birdaniga Turin, Vestminstr, Inha universitetlarining Toshkentdagi filiallari va TATUga o‘qishga kirdi

Qoraqalpog‘istonlik qiz birdaniga Turin, Vestminstr, Inha universitetlarining Toshkentdagi filiallari va TATUga o‘qishga kirdi


QDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyning matematika-ingliz tili yo‘nalishini bitirgan qoraqalpog‘istonlik Saodat Sadirbayeva ajoyib natija qayd etdi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.

Saodat bu yil bir yo‘la to‘rtta OTMga — Turin politexnika (Italiya), Vestminstr (Buyuk Britaniya), Inha universitetlarining (Janubiy Koreya) Toshkent filiallariga va Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga to‘lovli kontrakt asosida o‘qishga kirish baxtiga sazovor bo‘ldi.

“Hujjat topshirishda hech qanday muammo bo‘lmadi. Axborot texnologiyalariga qiziqqanim va shu yo‘nalishda olgan bilimim asosida bir paytning o‘zida onlayn registratsiya rejimida nomi atalgan o‘quv o‘rinlariga shaxsiy kompyuterimda internet tarmog‘i orqali hujjatlarimni topshirgan edim. Test sinovlarida esa, har bir bilim maskanining test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunining izma-izligini belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tgani biz uchun yanada qulay bo‘ldi. Tanlov masalasida men hech ikkilanmasdan Inha universitetining Toshkent filialini tanladim”, — dedi Saodat Sadirbayeva.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют