» » IBM dunyodagi eng kuchli kvant kompyuteri haqida ma’lum qildi (video)

IBM dunyodagi eng kuchli kvant kompyuteri haqida ma’lum qildi (video)


AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan hisoblash texnologiyalari kelajagi masalalariga oid konferensiyada IBM kompaniyasi 50 kubitli kvant kompyuteri ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu bugungi kungacha yaratilgan eng yirik va kuchli kvant kompyuteri hisoblanadi, deb yozmoqda “Hi-tech Mail.ru”.

Mazkur kompyuter bilan bir qatorda, IBM 20 kubitli kvant hisoblash tizimini ham taqdim etdi.

IBM muhandislari ikkala tizim uchun ham 90 mikrosoniya davomida kvantlli holatni saqlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu kichik ko‘rinsa ham, kubitlar hayotini saqlab qolish qiyin bo‘lgan sohada mazkur ko‘rsatkich rekord hisoblanadi.

50 kubitli mashina favqulodda murakkab hisoblash topshiriqlarini bajarishi mumkin, biroq barcha zamonaviy kvant kompyuterlari kabi IBM’ning 50 va 20 kubitli tizimlari avvalgidek yuqori darajadagi maxsus ish sharoitlarini talab qiladi. IBM yangi mashinaning barcha tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют