» » Xivada kvant informatikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi

Xivada kvant informatikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi


Xorazmdagi Ma’mun akademiyasida kvant informatikasi bo‘yicha Osiyo–Tinch okeani konferensiyasi (APCWQIS 2017) bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir fizikaning yangi yo‘nalishi — kvant informatikasi hamda uning asosida axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Konferensiya Toshkentdagi Turin politexnika universiteti tomonidan Urganch davlat universiteti hamda O‘zbekiston fizika jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan. U 28-sentabr kuni ish boshladi.

Konferensiyaning mavzuviy yo‘nalishlari kvant teleportatsiyasi, kvant kriptografiyasi, kvant tarmoqlari va kvant aloqalari, kvant hisob-kitoblari, shuningdek, Mayorana fermionalari va ularning kvant kompyuterlarida qo‘llanishi singari yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Tadbirda jahon miqyosidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют