» » KXDR askari Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi

KXDR askari Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi


Koreya xalq armiyasining askari 13-noyabr, dushanba kuni Pxanmunjom punkti orqali Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Qochoqqa Shimoliy koreyalik harbiylar tomonidan o‘qotar qurollar orqali jarohat yetkazilgan va u Janubiy Koreyada gospitalga yetkazilgan”, — deya ta’kidlanadi xabarda. Hozircha hodisaning boshqa tafsilotlar keltirilmadi.

Pxanmunjom Birlashgan xavfsizlik zonasida joylashgan bo‘lib, bu yerda Amerika va Janubiy Koreya qo‘shinlari jangovar navbatchilikni amalga oshiradi.

Bu Shimol va Janubning harbiy xizmatchilari bir-birini bir necha metr naridan to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish imkonini beruvchi Koreya davlatlari orasidagi yagona hudud.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют