» » Tabib damlamasi, kabob yoki dori: Toshkentda ketma-ket vafot etgan uch opa-singilning o‘limi sabablari hozircha noma’lum

Tabib damlamasi, kabob yoki dori: Toshkentda ketma-ket vafot etgan uch opa-singilning o‘limi sabablari hozircha noma’lum


Toshkentda 8-noyabr kuni ketma-ket vafot etgan uch opa-singilning o‘limi sabablari hozircha noma’lum. Bu haqda, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Vazirlik vakillarining ma’lum qilishicha, vafot etgan qizlar 4, 7 va 10 yoshda bo‘lgan. Olmazor tumanining Tansiqboyev-3 dahasida istiqomat qilgan qizaloqlarning bari shifoxonalarda vafot etgan.

“8-noyabr kuni soat 20:00 atrofida 4 yoshli qizaloq Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib kelingan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, bola shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Uning ikki opasi esa yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutiga yotqizilgan, afsuski, ular ham shifoxonada vafot etgan”, — deydi vazirlik vakili.

Vazirlik matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda mazkur ish yuzasidan Olmazor tuman prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda. Sud-tibbiy ekspertizasining rasmiy xulosasi 15-noyabr, chorshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda (UzNews esa o‘z manbasiga asoslanib, ekspertiza xulosalari 10 kun ichida e’lon qilinishi haqida yozmoqda).

Dastlabki xabarlarda bolalarning o‘limiga qiyma kabob yoki dori vositalari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan edi. UzNews va “Novosti Uzbekistana”ning yozishicha, kabob va doridan avval qizaloqlar ismi oshkor etilmayotgan tabib tomonidan tayyorlab berilgan gijjaga qarshi damlamani iste’mol qilgan bo‘lgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют