» » Britaniyada 42 yoshli ayol 20-farzandini dunyoga keltirdi (foto)

Britaniyada 42 yoshli ayol 20-farzandini dunyoga keltirdi (foto)


Britaniyalik 42 yoshli Syu va 46 yoshli Noel Redford yaqinda 20-farzandiga ota-ona bo‘ldi. Er-xotin Archi ularning oxirgi farzandi bo‘lishini aytmoqda, deb yozadi Mopster.

Bu oilada 10 o‘g‘il va 9 qiz o‘sib-ulg‘aymoqda. To‘ng‘ich farzand — 28 yoshli Kris bo‘lsa, eng kenjasi — bir yashar Fibi (Archidan oldin). Archi esa oilaning 11-o‘g‘liga aylandi.

Redfordlarning qizi Sofi uch marta ona bo‘lishga ulgurdi, demak Syu va Noel nafaqat ota-ona, balki bobo va buvi hamdir.

Birinchi bolasini Syu 14 yoshida dunyoga keltirgan va 18 yoshga to‘lganidan so‘ng Noel bilan rasman nikohdan o‘tgan.

Katta oila o‘n xonali uyda yashaydi va mikroavtobusda harakatlanadi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 10:44)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют