» » Ilon Maskning Bel-Eyrdagi uyi (foto+video)

Ilon Maskning Bel-Eyrdagi uyi (foto+video)


Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Maskning boyligi 20,7 milliard dollarni tashkil etadi, shu sabab u hashamatli koshonada yashashni o‘ziga ep ko‘ra oladi, deb xabar berdi Forum Daily.

2016-yilda Mask Los-Anjelesning Bel-Eyr kompleksidan 24,25 million dollar evaziga yangi koshona sotib olgan edi — bu Mask tomonidan ushbu kompleks hududidan sotib olingan beshinchi ko‘chmas mulk bo‘lib, ularning barchasining narxi 72 million dollar atrofida turadi.

Barcha uylar bir-biriga yaqin joylashgan, ularning ayrimlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda Maskning bosh qarorgohi — 2012-yilda 17 million dollar evaziga sotib olgan koshonasi hisoblanadi. 2016-yilda esa u koshonasi yaqinidagi binoni 24,244 million dollarga sotib olgan. Hozirda esa u hali qurilish ishlari davom etayotgan zamonaviy uyni sotib oldi.

Bel-Eyr kompleksidan 2012-yilda Mask tomonidan sotib olingan birinchi uy klassik ko‘rinishga ega. Uning hovlisida tennis korti va basseyn joylashgan.

Maskning shaxsiy kinoteatri bo‘lib, u yerda milliarder videoo‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘radi.

Uyda yettita yotoqxona va yettita yuvinish xonasi mavjud. Shuningdek, koshonada uy trenajyor zali ham joylashgan bo‘lib, Mask u yerda haftasiga ikki marta sport bilan shug‘ullanishga harakat qiladi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют