» » Jizzaxda 1,5 million so‘mni o‘zlashtirgan elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisi qo‘lga olindi

Jizzaxda 1,5 million so‘mni o‘zlashtirgan elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisi qo‘lga olindi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

13-noyabr kuni tuman Ichki ishlar boshqarmasiga Kuyovboshi mahallasida istiqomat qiluvchi 1959-yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r G‘.B va boshqalar ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur arizada 2016-yilning dekabr oyida tuman elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisi Gandumtosh MFY Forish ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1981-yilda tug‘ilgan A.D elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligini yopib, qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma to‘g‘rilab berishni va’da qilib, 1 500 000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlanib ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Dga nisbatan Sharof Rashidov tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют