» » Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvida O‘zbekiston milliy termasi BAAga imkoniyatni boy berdi

Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvida O‘zbekiston milliy termasi BAAga imkoniyatni boy berdi


Amirliklarning Al-Ayn shahri mezbonlik qilgan BAA va O‘zbekiston milliy termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida mezbonlar zafar quchdi — 1:0. Uchrashuvdagi yagona gol 15-daqiqada Ali Mabhut tomonidan urildi.

Shu kuni tarixda ilk bor Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston milliy terma jamoasini murabbiy sifatida maydonga boshlab chiqdi. “Nasaf” ustozi milliy termani faqatgina Oliy Ligada to‘p surayotgan futbolchilardan tuzdi. Unga berilgan missiyaga ko‘ra, milliy terma jamoaning asosiy figuralari bo‘lgan legionerlar yig‘inga jalb etilmagandi.

Ro‘ziqul Berdiyevdan O‘FF faqatgina 1 ta uchrashuvda murabbiy bo‘lishni so‘ragandi. Endi u “Nasaf”dagi faoliyatini davom ettirishi mumkin. Tashkilot esa milliy terma uchun xorijdan mutaxassis izlash ishlarini davom ettiradi.

BAA terma jamoasi 10-noyabr kuni Alberto Dzakkeroni boshqaruvida o‘zining ilk o‘yinini Gaitiga qarshi o‘tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘zbekistonga qarshi bellashuv italiyalik mutaxassis uchun Amirlik termasi boshqaruvidagi ilk g‘alaba bilan yodda qoldi.

O‘rtoqlik o‘yini

Al-Ayn shahri

14-noyabr, seshanba

Gol: Ali Mabhut, 15 (1:0).

Chetlatish: Muhammad Ahmad, 93+ (B).

BAA: Xolid Eysa — Mohnad Salim (Muhammad Fayoz, 37), Ismoil Ahmad, Halifa Muborak, Muhammad Favziy, Mahmud Hamis, Amir Abdulrahmon, Hamis Ismoil (Tariq Ismoil, 77), Umar Abdulrahmon (Halfan Muborak, 71), Ali Mabhut (Ahmad Al-Attas, 88), Salim Saloh Musalam.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov — Akmal Shorahmedov (Shuhrat Muhammadiyev, 50), Rustam Ashurmatov (Islom To‘xtaxo‘jayev, 46), Sherzod A’zamov, Akrom Komilov (Farrux Sayfiyev, 46), Odil Hamrobekov (Aziz G‘aniyev, 46), Vladimir Kozak, Otabek Shukurov, Bahrom Abdurahimov (Ivan Nagayev, 70), Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev (Doston Hamdamov, 46).

Опубликовано: admin (14-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 124) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют