» » Burun tez-tez bitib qolsa, nima qilish kerak?

Burun tez-tez bitib qolsa, nima qilish kerak?


Ma’lum bo‘lishicha, yer yuzidagi aholining 15 foizga yaqin kattalari burun bitishidan aziyat chekar ekan. AQShda esa sinusitlar (burunning bitishiga sabab bo‘luvchi burun bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi) eng keng tarqalgan kasallikka aylangan.

Sinusitda burun bitishidan tashqari quyidagi alomatlar ham kuzatiladi:

Lekin yakuniy tashxisni tibbiy ko‘rikdan keyin faqat mutaxassis shifokor belgilay oladi.

Agar davolash o‘z vaqtida boshlanmasa, unda o‘tkir jarayon surunkaliga aylanib ketishi mumkin. Bu kasallikning kechishini organizm mustaqil ravishda to‘xtata olmaydi, shuning uchun unga yordam talab qilinadi.

Xalq tabobatida bu kasallikni turli xildagi noyob vositalar yordamida davolash mumkin. Ularning ichida eng keng tarqalganlariga tomchilar, malham dorilar, burunni yuvish uchun vositalar, shifobaxsh o‘tlardan foydalanish va boshqa vositalar kiradi.

Sinusitni davolash uchun eng qadimgi vositalardan biri mumiyodir. Uning dorixonalarda sotiladigan 2 foizli eritmasidan foydalaniladi. Eritma burun teshiklariga bir kunda 3 mahal 2-3 tomchidan tomiziladi.

Asosi propolis bo‘lgan tomchilar shish bilan samarali kurashishga yordam beradi. Ularni tayyorlash uchun 40 foizli propolis nastoykasini kungaboqar va oblepixa yog‘lari bilan aralashtirish kerak. Bir kunda 2 tomchidan 3 mahal turun teshiklariga tomiziladi.

Yuvish uchun oddiy osh tuzidan tayyorlangan eritmadan foydalanish mumkin. Buning uchun bir piyola qaynoq suvga yarim choy qoshiq tuzni solib, to‘liq erib ketguncha aralashtiring. Eritma antimikrob xususiyatiga ega bo‘lishi uchun unga 1-2 tomchi yod ham qo‘shing.

Manba: “Woman.ru”

Опубликовано: admin (15-11-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют