» » AQSh Kongressi vakillar palatasi Ukrainaga 350 mln dollar ajratilishini ma’qulladi

AQSh Kongressi vakillar palatasi Ukrainaga 350 mln dollar ajratilishini ma’qulladi


AQSh Kongressi vakillar palatasi Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam uchun 350 million dollar taqdim etishga ovoz berdi va uning yo‘nalishlarini kengaytirdi. Bu haqda AQShdagi Ukraina elchixonasining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Vakillar palatasi ‘Milliy mudofaa ehtiyojlari uchun 2018-yilgi AQSh budjeti’ haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. U xavfsizlik sohasida Ukrainaga ko‘mak uchun 350 million dollar ajratishga imkon beradi. Bu summa o‘tgan yilgi mablag‘ga to‘g‘ri keladi ”, — deyiladi xabarda.

Ukrainalik diplomatlarga ko‘ra, qonun loyihasi mamlakatga mudofaa ko‘rinishidagi qurol-aslaha yetkazishga ham ruxsat beradi.

Hujjat kuchga kirishi uchun Senat tomonidan ma’qullanishi kerak. Shundan so‘ng prezident Donald Tramp imzo chekishi uchun kiritiladi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют