» » “QazTransOyl” O‘zbekistonga Rossiya neftini yetkazish narxini belgiladi

“QazTransOyl” O‘zbekistonga Rossiya neftini yetkazish narxini belgiladi


Qozog‘istonning “QazTransOyl” kompaniyasi Rossiya neftini mamlakat hududi orqali O‘zbekistonga tranzit bilan yetkazishning narxlarini belgilab oldi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Aytilishicha, bosh direktor buyrug‘i bilan 2017-yilning 10-noyabridan 31-dekabrga qadar norezidentlar uchun neftni “Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegarasi – ‘Chag‘ir’ neft quyish punkti” yo‘nalishi bo‘yicha transportirovka qilish uchun ming kilometrga 1 tonna uchun 11,7 dollar miqdorida narx belgilandi.

“Chag‘ir” punktida neftni temir yo‘l sisternalariga qo‘yish 1 tonna uchun 0,8 dollarni tashkil etadi.

O‘z navbatida, norezidentlar uchun Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit orqali o‘tkazish maqsadida transportirovka qilish narxi tonnasiga 22,9 dollarni tashkil etadi.

15-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi narxi qimmatlashmoqda. Ai-80 avtobenzini uchun yangi chakana narx litriga 3800 so‘mni (o‘sish — 35,7 foiz), Ai-91 uchun — 4300 so‘mni (+43,3 foiz), dizel yoqilg‘isi uchun — 4100 so‘m (+72,6 foiz) va EKO dizel yoqilg‘isi uchun — 4200 so‘m (+71 foiz) qilib belgilandi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют