» » Mixail Zadornov Latviyada dafn etildi

Mixail Zadornov Latviyada dafn etildi


Rossiyalik yozuvchi va qiziqchi Mixail Zadornov Latviyadagi Yurmala shahrida dafn etildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Zadornov Yaundubulti qabristonida, otasining yonida yerga qo‘yildi. Diniy marosim Rigadagi Aleksandr Nevskiy cherkovida bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng marhumning tanasi Yurmalaga yetkazildi.

Dafn marosimi Zadornovning vasiyatiga ko‘ra Latviyada o‘tkazildi. Marosimda uning qarindoshlari va yaqin do‘stlari qatnashdi.

12-noyabr kuni qiziqchi bilan xayrlashish tadbiri Moskvada bo‘lib o‘tdi. Unda tor doiradagi mehmonlar ishtirok etdi.

Mixail Zadornov 9-noyabr kuni 69 yoshida vafot etdi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют