» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent yuridik kollejida ro‘y bergan holatlar qaytarilmasligi zarurligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent yuridik kollejida ro‘y bergan holatlar qaytarilmasligi zarurligini ta’kidladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni mamlakatda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbari amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga ayrim hududlarda jinoyatlarni sezilarli kamaytirishga erishilmagani, ba’zi jinoyat turlari oshgani kabi kamchiliklarni keskin tanqid qildi.

Xususan, Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari mutasaddi rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish borasida aniq topshiriqlar berildi.

Prezident tomonidan har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, tumanlar kesimida jinoyatlarning oldini olish borasida alohida chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning dastlabki 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar, 66 tasi qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida maishiy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan.

Yig‘ilishda mahallalarda faoliyat yuritayotgan posbonlar haqida so‘z borar ekan, ko‘p hollarda ularning salohiyati, bilim va malakasi talabga javob bermasligi, bunday vazifaga fidoyi yoshlar safarbar etilmayotgani, rag‘batlantirish mexanizmlari ishlab chiqilmagani sababli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda posbonlar ishtiroki sezilmayotgani ta’kidlandi. Shundan kelib chiqqan holda, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, uning ish samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni keskin kamaytirishga erishilmayotgani ta’kidlab o‘tildi. Bunday jinoyatlarning asosiy sabablari fuqarolik munosabatlarini qonun doirasida amalga oshirmaslikka borib taqaladi. Oqibatda bu sodda odamlarning jinoyat qurboni bo‘lishiga olib kelmoqda.

Shu sababli davlat rahbari notariat tizimlaridagi byurokratizm va sansolarlik holatlariga chek qo‘yish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali notarial xizmatlar ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ayollar tomonidan jinoyat sodir etish holatlariga barham berilmayotgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari faqat jazo qo‘llash tahdidi bilan emas, avvalo, aholi ongiga jinoyatga qo‘l urmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi fazilatlarini singdirish lozimligi, bunda OAV, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar matbuot xizmatlari yanada faollik ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik masalasi batafsil muhokama qilindi. Bu borada ahvol tashvishlanarlidir. Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida yoshlarning 22 ming nafari jinoyatga qo‘l urgan. Bu raqam jinoyat sodir etgan jami shaxslar ko‘rsatkichining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Achinarlisi shuki, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 875 ta, maktab o‘quvchilari tomonidan esa 310 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida muassasa hovlisida o‘zaro janjallashib, oqibatda bu ulardan birining o‘limiga, birining esa og‘ir jarohat olishiga sabab bo‘lgani kabi holatlar qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют