» » NYT xaritada Qrimning “bahsli” deb belgilanishi sababini tushuntirdi

NYT xaritada Qrimning “bahsli” deb belgilanishi sababini tushuntirdi


The New York Times nashri o‘z maqolasida Qrimni “bahsli hudud” sifatida belgilagani va uni Rossiya bilan bir xil rangda shtrixlab chiqqani, ammo shu bilan birga, yarim orolning Ukraina bilan chegarasini nuqtali chiziq bilan chizib qo‘ygani sababini tushuntirib berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

NYT vakili Deniel Roadesning so‘zlariga ko‘ra, nashr xaritada bahsli hududlarni tasvirlashda “ketma-ketlik siyosati”ga rioya qiladi.

“Bizning fikrimizcha, xarita va bizning maqolamiz Qrimdagi vaziyatni aniq-ravshan tasvirlab bergan”, — deya aniqlik kiritdi u.

Roades ta’kidlashicha, maqolada Qrim bahsli hudud sifatida yaqqol belgilab qo‘yilgan.

“Mazmun nuqtai nazaridan yondashuv hech qanday tarzda Rossiya pozitsiyasini qabul qilishni bildirmaydi. Va agar hududning maqomi va kelajagi ustida bahs olib borilmayotganida, biz bu maqolani yozib o‘tirmagan ham bo‘lardik”, — deya xulosa qildi u.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют