» » Yevroittifoq BMT mamlakatlarining barchasini Qrim bo‘yicha sanksiyalarga qo‘shilishga chaqirdi

Yevroittifoq BMT mamlakatlarining barchasini Qrim bo‘yicha sanksiyalarga qo‘shilishga chaqirdi


Qrimning Rossiyaga qo‘shilganiga uch yil to‘lishi arafasida (18-mart) Yevroittifoq yarim orolning “noqonuniy anneksiyasi”ni va Qrimdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni qoralovchi bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “RBK”.

“O‘tgan yil ichida yarim orolning davom etayotgan harbiylashtirilishi Qora dengiz mintaqasida xavfsizlik sohasidagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishda davom etdi, Qrim yarim orolidagi inson huquqlari bilan bog‘liq holat esa yomonlashishda davom etdi”, — deyiladi Yevroittifoq bayonotida.

O‘tgan yildagi kabi, Bryussel BMTga kiruvchi mamlakatlarning barchasini BMT Bosh Assambleyasining 2014-yil 27-martdagi “noqonuniy referendum” o‘tkazilishi va keyinchalik Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini qoralovchi rezolyutsiyasida ko‘zda tutilgan sanksiyalar rejimiga qo‘shilishga da’vat etmoqda.

Bundan tashqari, Yevroittifoq mamlakatlari vazirlari so‘nggi yil ichida BMT Bosh Assambleyasi Qrim bo‘yicha inson huquqlariga aloqador yana bir rezolyutsiya qabul qilinganini eslatdi. 2016-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyada Bosh Assambleya Rossiya hukumatining “diskriminatsiya amaliyotlari”ni qoralagan va BMT bosh kotibini Qrimga xalqaro kuzatuvchilar missiyasini yuborish “yo‘llarini topish”ga chaqirgan edi.

Опубликовано: admin (18-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют