» » Kipriklarni o‘stirish uchun 5 ta samarali vosita

Kipriklarni o‘stirish uchun 5 ta samarali vosita


Sun’iy kiprik qo‘ydirishdan oldin o‘zingizning kipriklaringizni o‘stirishga urinib ko‘ring. Bu arzon va ancha foydaliroqdir.

Kipriklarni o‘stirish uchun vositalar

Kanakunjut moyi — kipriklarni o‘stirishda samarali va ishonchli vosita hisoblanadi.

Kipriklar ustiga moyni cho‘tkacha yordamida ehtiyotlik bilan suring. Uni 15-45 daqiqa qoldiring va keyin makiyajni tozalovchi vosita yordamida yuving.

Kanakunjut moyini bir marta surish yetarli bo‘lmaydi. Uni kurslar bilan qo‘llash kerak. Bu amalni bir oy davomida haftasiga bir necha marta takrorlang.

Chakamug‘ moyi kipriklarni mustahkamlaydi va o‘sishini tezlashtiradi. U ham kanakunjut moyi singari ishlatiladi: kipriklarga 15–45 daqiqa surib qo‘ying, keyin yuving.

Chakamug‘ moyi faqat muntazam ravishda qo‘llanilsagina samara beradi.

Bu preparatlar odatda yog‘lar, o‘simlik ekstraktlari va vitaminlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu vositani uy sharoitida o‘zingiz tayyorlashingiz ham mumkin.

O‘stirishga va mustahkamlashga yordam beradigan davolovchi gellar an’anaviy rangli tushdan avval yoki u bilan birga ishlatiladi. Birinchi holatda u himoyalash vazifasini bajaradi. Tush kipriklarni quritishi mumkin. Gel himoya qiluvchi to‘siq yaratishdan tashqari kun davomida kipriklarni oziqlantiradi ham.

Yuqorida aytilgan vositalar surish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, vitaminlarni esa ichish kerak. Kipriklar o‘sishi uchun tarkibida:

bo‘lgan vitaminlar to‘plami mos keladi.

Manba: “Woman.ru”

Опубликовано: admin (16-11-2017, 15:44)
+2 (голосов: 4)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют