» » Puma’ning Hindistondagi bo‘limi 17-asrga tegishli binoga graffitilar chizganligi uchun ayblanmoqda

Puma’ning Hindistondagi bo‘limi 17-asrga tegishli binoga graffitilar chizganligi uchun ayblanmoqda


Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Puma kompaniyasining Hindistondagi bo‘limi Eski Dehlida joylashgan 17-asrga tegishli binoning tashqi ko‘rinishiga zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Reklama roligida xip-xop raqqoslar va reperlar ko‘cha va transport vositalarida chiqish qilib, bino devorlariga graffiti chizishi ifodalangan, deb xabar berdi TJournal.

Tarixchi Rana Safvining ma’lum qilishicha, rasmlar chizilgan ayrim bino va eshiklarning yoshi 200 ni tashkil etadi. “Bu merosga zarar yetkazadigan ta’sir hisoblanadi”, — deya ta’kidladi Safvi.

Tarixchini Hindiston madaniy va san’at merosining milliy jamg‘armasi xodimasi Svapna Liddle ham qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu graffitilarni chizgan va bu amalga oshirilayotganda o‘sha yerda turganlarning barchasi binoga nisbatan bu kabi qo‘pol munosabatga javobgar.

Svapna Liddle

Graffitilar chizilgan bino egasi kompaniyani qo‘llab-quvvatladi va ushbu tashabbusni to‘liq ma’qullashini ma’lum qildi.

Bu xususiy mulk hisoblanadi va graffitlar hududning chiroyliroq ko‘rinishiga xizmat qiladi. Binolar ancha chiroyli va jonli ko‘rinishda.

Arun Kxandelval, bino egasi

Savfining ta’kidlashicha, u avvaliga hukumatdan ruxsat olishi kerak bo‘lgan. Puma vakilining aytishicha, “barcha zaruriy ruxsatnomalar bo‘yicha so‘rov yuborilgan”.

Videoni yaratishda turli hamkorlar xizmatidan foydalanilgan. Ayblovga duch kelganimiz sabab, biz ichki tekshiruvni olib boryapmiz. Biz mamlakatimiz merosi bilan faxrlanamiz va har doim eng yaxshi manfaatlar yo‘lida harakat qilishga urinamiz.

Debosmita Mayumder, Puma India marketing bo‘limi rahbari

Опубликовано: admin (16-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют