» » O‘zbekiston – Tojikiston chegaralari delimitatsiyasi bo‘yicha ishchi guruh uchrashuvining amaliy masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston – Tojikiston chegaralari delimitatsiyasi bo‘yicha ishchi guruh uchrashuvining amaliy masalalari muhokama qilindi


15-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Tojikiston elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, qisqa vaqt davomida O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha kompleks masalalarini yaxshilash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning majlisi o‘tkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan, madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma tadbirlar ham jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi amaliy masalalari muhokama qilindi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 127) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют