» » Konstitutsiya yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi

Konstitutsiya yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi


O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ko‘rgazma Oliy Majlis palatalari tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmaning ochilishida Senat a’zolari, deputatlar, sudyalar, arxiv xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Senat raisining o‘rinbosari S. Ortiqova, Konstitutsiyaviy sud raisi B. Mirboboyev va boshqalar ochilish marosimida chiqish qildi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma ekspozitsiyasida Bosh qomus tarixiga oid hujjatlarning asl nusxalari, Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayoniga oid tarixiy hujjatlar, Islom Karimov tomonidan Konstitutsiya loyihasi matnlariga qo‘lyozma tarzida kiritgan tuzatishlari joy olgan. Bundan tashqari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, sud va prokuratura organlari, yozuvchilar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, imom-xatiblar tomonidan Konstitutsiya loyihasi yuzasidan yo‘llagan taklif va mulohazalari hamda xalqning Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish jarayonidagi ishtirokiga oid materiallar joylashtirilgan. Ko‘rgazmada Konstitutsiyamizning o‘zbek, rus va ingliz hamda boshqa tillardagi ilk bosma matnlari nusxalari ham namoyish etilmoqda.

Tadbirda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi, Konstitutsiya qabul qilinishi tarixiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют